Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori virtual qabulxonasi

Ommaviy offerta


Hurmatli foydalanuvchi!

Sizga Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktoriga bevosita elektron tarzda murojaatlarni yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, Sizning yuborayotgan murojaatingiz rasmiy maqomga ega ekanligini ham eslatib qoʼymoqchimiz.
Shu sababli, Sizdan quyidagilarni unutmasligingizni soʼraymiz:

1. Jismoniy shaxs sifatida murojaat yoʼllasangiz familiyangiz (ismingiz, otangizning ismi), yashash joyingiz toʼgʼrisidagi maʼlumotlar koʼrsatilgan va murojaatingiz mohiyati bayon etilgan boʼlishi shart. Yuridik shaxs sifatida murojaat yoʼllasangiz yuridik shaxsning toʼliq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) toʼgʼrisidagi maʼlumotlar koʼrsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilishi talab etiladi.

2. Аlohida eʼtibor bering! Tuhmat, haqorat soʼzlar ishlatilgan va yolgʼon xabar beruvchi murojaatlarni taqdim etish mumkin emas.

3. Shuningdek, quyidagi holatlarda murojaatlaringiz rad etilishi mumkinligini eslatib oʼtmoqchimiz:

odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va maʼnosi boʼlmagan takliflar va shunga oʼxshash murojaatlar);
murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud boʼlgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar boʼlmagan murojaatlar
4. Shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala boʼyicha javob berilgan murojaatini qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan boʼlsa, koʼrib chiqilmaydi.

Mazkur shartlarning barchasi Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqqan holda belgilangan.

Ommaviy offerta bilan tanishdim , murojaatni jo'natmoq

Murojaatingiz holatini tekshiring

Murojaat identifikatori va kodini kiriting

Holatni tekshirish